✔️ Qarorga ko‘ra, Toshkent shahrining transport va yo‘l infratuzilmasini boshqarishning zamonaviy axborot texnologiyalari bilan integratsiyalashgan intellektual transport tizimi ishlab chiqilmoqda hamda unda quyidagilar nazarda tutiladi:
► videokuzatuv vositalari va sensorlardan foydalangan holda transport, piyoda va yo‘lovchi oqimlari to‘g‘risida maʼlumotlar yig‘ish;
► transport va piyoda oqimlarini tahlil qilish asosida svetoforlarni boshqarish, svetofor fazalarini avtomatik tarzda moslashtirish;
► agar harakat jadvalidan chetga chiqilsa, maxsus va jamoat transporti vositalari harakatining ustuvorligini taʼminlash;
► avtotransportlar, shu jumladan, maxsus texnikalar harakatini monitoring qilish, qurilish hamda maxsus texnikalarning maxsus mexanizmlari ishini nazorat qilish;
► yo‘l-transport hodisasi xavfi yuqori bo‘lgan hududlarni aniqlash, ular bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Qarorga ko‘ra, quyidagilarni nazarda tutuvchi “Qulay muhit” va “Hokimiyat monitori” axborot tizimlari yaratiladi:
≈ maʼmuriy videokuzatuv tizimlari orqali:
▪️ obodonlashtirish va qattiq maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunbuzilishlarni avtomatik qayd etish;
▪️ mahalla hududida giyohvand moddalar tarqatilishining oldini olishga ko‘maklashish;
≈ raqamli videodomofon tizimlari orqali:
▪️ turar joy binolari atrofini nazorat qilish;
▪️ aholini tezkor xabardor qilish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri qayta aloqa o‘rnatish;
≈ dispetcherlik markazini o‘z ichiga oluvchi yagona shahar platformasi orqali:
▪️ mahallalar hududidagi holatni tezkor monitoring qilish va hududlarga xizmat ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish;
▪️ katta hajmdagi maʼlumotlar bazasi (“Big Data”) tahlili va sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish hisobiga obodonlashtirish sohasini boshqarish sifatini oshirish.