Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligi oshiriladi va ayrim hududlardagi davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi

  • 09.12.2025
  • 45 marta o'qildi
Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligi oshiriladi

“Davlat xizmatida boshqaruv samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–243-son, 06.12.2025 y.) qabul qilindi.

Maʼlumot uchun: Boshqaruv samaradorligi agentligi (Agentlik) Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi negizida tashkil etilgan.

✅ Farmonga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomidagi 33 ta tuman (shahar) hokimliklarida tajriba-sinov tariqasida quyidagilarni nazarda tutuvchi natijaga asoslangan boshqaruv tizimi joriy etiladi:

► davlat organlari faoliyatining maqsadli ko‘rsatkichlari va indikatorlari ularga qo‘yilgan vazifalar asosida Agentlik tomonidan shakllantiriladi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi;

► Agentlik:

▪️ natijaga asoslangan boshqaruv modelini ishlab chiqadi hamda uning joriy etilishini uslubiy jihatdan muvofiqlashtiradi;

▪️ maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilganligini “samaradorlik.gov.uz” elektron platformasi orqali baholashni tashkil etadi;

▪️ tegishli vazifalarni bajarish va maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishda kadrlar salohiyatini rivojlantirishga ko‘maklashadi;

▪️ davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash uchun tanlovlarda zamonaviy yondashuv, zarur hollarda, qo‘shimcha bosqichlarni joriy etadi.

Ayrim hududlardagi davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi

✅ Farmonga ko‘ra, davlat organlarining vazifa va funksiyalari quyidagi 5 ta darajaga ajratiladi:

▪️ konstitutsiyaviy va milliy daraja;
▪️ respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari darajasi;
▪️ hududiy daraja;
▪️ tuman (shahar) darajasi;
▪️ mahalla (qishloq, ovul) fuqarolar yig‘ini darajasi.

▶️ 2026 yil 1 yanvardan “Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman (shahar)” maqomidagi 33 ta tuman (shahar)da faoliyat yurituvchi davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi. Bunda:

 respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tuman (shahar) bo‘linma rahbari hamda tuman (shahar) hokimi va uning o‘rinbosarlari har 5 yilda, qoida tariqasida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahri doirasida boshqa tuman (shahar)ga rotatsiya qilinadi;

 rotatsiya qilinadigan rahbarlar Agentlikning “hrm.gov.uz” elektron platformasi orqali aniqlanadi;

 rahbar yangi hududga o‘tishdan oldin hududning iqtisodiy va ijtimoiy holati bo‘yicha intensiv kursda o‘qitiladi;

 rotatsiya qilingan rahbar faoliyati Agentlik tomonidan elektron platforma orqali onlayn tarzda monitoring qilinadi.

Chat