Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga raqamli texnologiyalar joriy etiladi

  • 23.12.2025
  • 68 marta o'qildi

Farmonga ko‘ra, 2026–2027 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi faoliyatini raqamlashtirish dasturi tasdiqlandi. Unda quyidagilar nazarda tutildi:

► sud ishtirokchilarini Konstitutsiyaviy sud majlisining vaqti va joyi haqida “Sud xabarnomasi” elektron xizmati va YIDXP (my.gov.uz)ning mobil ilovasi orqali elektron tarzda xabardor qilish;

► sud majlislari videokonferensaloqa rejimida, shu jumladan, mobil ilovadan foydalangan holda o‘tkazilishini taʼminlash;

► sud majlislarini audioyozuv orqali qayd etib borish hamda sud majlisi bayonnomalarini ushbu tizim yordamida shakllantirish.

2027 yil 1 avgustdan Konstitutsiyaviy sud faoliyatiga quyidagi imkoniyatlarga ega “E-KSUD” axborot tizimi sinov tariqasida joriy etiladi:

▪️ Konstitutsiyaviy sudga elektron shaklda murojaat qilish va murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonini onlayn kuzatib borish;

▪️ fuqarolar va yuridik shaxslarga odil sudlovga erishishda qulaylik yaratish maqsadida interaktiv xizmatlar ko‘rsatish;

▪️ sud majlislarini jonli efirga uzatish imkoniyatini yaratish;

▪️ nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish.

Chat