2024 yil 5 avgust kuni qabul qilingan Qonun fuqarolarning yillar davomida hal bo‘lmay kelgan uy-joy va yerga doir muammolariga yechim bo‘ldi.
Qonun amaliyotida aniqlangan muammolarni bartaraf etish maqsadida yangi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Loyihaga ko‘ra, eng muhim yangiliklardan biri — 1 ta obyekt bo‘yicha yakuniy xulosa berish muddati 150 kundan 50 kunga qisqartirilmoqda.
▪️ Vakolatli tashkilotlar — 20 kun
▪️ Jamoatchilik muhokamasi — 10 kun
▪️ Adliya organlari — 20 ish kuni
Bu o‘zgarish Qonunning 2028 yil 1 yanvargacha amal qilishini inobatga olgan holda qabul qilinmoqda.
Shuningdek, amaliyotda huquqni eʼtirof etishga to‘sqinlik qilayotgan eng katta muammolardan biri — soliq va to‘lov masalasi edi.
Hozirda 243 mingdan ortiq obyektda soliq qarzi bor hamda ular Qonun doirasida hal bo‘lmay qolmoqda.
Shu sababli quyidagi takliflar ilgari surildi:
➖ coliq qarzi BHMning 30 baravaridan oshmasa (12,3 mln so‘m) — huquq eʼtirof etilishi mumkin;
➖ 1 martalik to‘lov 20 ish kunida amalga oshirilsa — 50% chegirma;
➖ to‘lovni 1 yildan 3 yilgacha bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati.