Qarorga quyidagi o‘zgartirish va qo‘shimchalarni kiritish belgilandi:
► qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasi ijarachisining o‘zida qoladigan va qayta ijaraga oluvchiga o‘tkaziladigan yer uchastkalarining maydoni Yer kodeksi 46 (prim 1) - moddasida belgilangan o‘lchamlardan kam bo‘lmasligi;
► yer uchastkasini qisman qayta ijaraga berishda ularni ijarachi va qayta ijaraga oluvchi o‘rtasida taqsimlash qishloq xo‘jaligi xaritasidagi konturlar yaxlitligi va amaldagi sug‘orish tizimini saqlab qolgan holda alohida turgan konturlarni qayta taqsimlash orqali amalga oshirilishi;
► yer uchastkasini qisman qayta ijaraga berishda taraflar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkasini bo‘lish va uning yangi chegaralarini belgilash bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanishi.