Ushbu Qonunning maqsadi 2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan byudjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
✅ Qonunga ko‘ra, 1-darajali byudjet mablag‘larini taqsimlovchilarga O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidan ushbu Qonunga muvofiq ajratiladigan byudjet mablag‘laridan faqat 2026 moliya yili davomida foydalaniladi va ular kelgusi moliya yiliga o‘tkazilmaydi.
2026-yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:
▪️ mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari;
▪️ tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari;
▪️ chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlarning stavkalari.
▶️ 2026-yil uchun O‘zbekiston Respublikasi konsolidatsiyalashgan byudjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilandi.
Ushbu Qonun 2026-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.