“O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati 1-fevraldan mamlakat ichida qator yo‘lovchi poyezdlari biletlari narxi oshirilishini e’lon qildi.
Yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlari va “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” yo‘lovchi poyezdlari chipta narxlari 15% ga ko‘tariladi.
Xususan, “Afrosiyob” uchun yangilangan chipta narxlari quyidagicha bo‘ladi:
Toshkent — Buxoro
Toshkent — Qarshi
Toshkent — Samarqand
Kompaniyaning doimgidek qayd etishicha, “Afrosiyob” narxlari yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdlarga texnik xizmat ko‘rsatish va ehtiyot qismlar xarajatlari oshgani, elektr energiyasi va ekspluatatsiya xarajatlarining ko‘paygani, harakat xavfsizligini to‘liq ta’minlash hamda xalqaro standartlar darajasida xizmat ko‘rsatishni davom ettirish zarurati, elektropoyezdlar infratuzilmasini saqlash va doimiy modernizatsiya qilish ishlari hamda yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida oshirilmoqda.
Ma’lumot uchun, yuqoridagi poyezd narxlari oxirgi marta bir yil avval — 2025-yil 1-fevraldan boshlab o‘zgargandi. O‘shanda “Afrosiyob” biletlari 20−25 foizga, “Sharq”, “Nasaf” va “O‘zbekiston” biletlari 30 foizga, yotoqli poyezdlarniki esa 10,5 foizga ko‘tarilgan.
2023-yil 10-oktabrdagi prezidentning temiryo‘l transporti sohasini tubdan isloh qilishga oid qaroriga muvofiq, 2024-yil 1-yanvardan boshlab tezyurar va yuqori tezlikdagi poyezdlarda yo‘lovchi tashish xizmatlari uchun davlat tariflari boshqaruvi amaliyoti tugatilgan va ularni bozor tamoyillari asosida boshqarish mexanizmi joriy etilgan.