Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Banklar va to‘lov tashkilotlari tizimlariga nisbatan kiberhujumlar qayd etilmadi — Markaziy bank

  • 05.02.2026
  • 89 marta o'qildi

Markaziy bank fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlari sizib chiqqani va kiberhujumlar haqida tarqalgan xabarlarga izoh berdi.


Avvalroq Kiberxavfsizlik markazi 15 million nafar o‘zbekistonliklarning shaxsiy maʼlumotlari sizib chiqqan bo‘lishi mumkinligi haqidagi xabarlarni tekshirayotgani maʼlum qilingan edi. Shuningdek, Milliy statistika qo‘mitasi aholini ro‘yxatga olish maʼlumotlari shifrlangani va ishonchli himoyalanganini bildirgan.

Markaziy bank maʼlum qilishicha, hozirgi kunda tijorat banklari, to‘lov tashkilotlari hamda to‘lov tizimlari operatorlarining axborot tizimlariga nisbatan bunday kiberhujumlar sodir etilgani bo‘yicha hech qanday faktlar aniqlanmagan.

Fuqarolarga quyidagi tavsiyalarga qatʼiy amal qilish so‘raldi:

— nomaʼlum va shubhali manbalardan tarqatilayotgan havolalarga kirmaslik;

— shaxsiy maʼlumotlarni (bank karta rekvizitlari, SMS-kodlar, parollar) hech kimga bermaslik;

— faqat rasmiy manbalar orqali eʼlon qilinayotgan axborotga ishonish;

— shubhali holatlar yuzaga kelganda tegishli vakolatli organlarga murojaat qilish.

Chat