Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

2025 yilda dorixonalar dori narxlarini asossiz oshirish orqali qariyb 8 mlrd so‘m noqonuniy daromad olgan

  • 05.02.2026
  • 61 marta o'qildi

Eng ko‘p narx oshirish holatlari Toshkent shahri, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida aniqlanib, ushbu hududlar hissasiga 4,2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ to‘g‘ri keladi.


O‘tgan 2025 yil davomida Qo‘mitaning “Fair Tech” yagona axborot tizimiga kelib tushgan xabarlar belgilangan tartibda o‘rganilib, dorixonalarda 7,95 mlrd so‘m miqdorida asossiz daromad olinganligi aniqlandi. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi xabar qildi.

Xususan, 765 ta dorixonada (119 tasi ulgurji va 646 tasi chakana) 267 456 ta holatda jami 7,95 mlrd so‘m miqdorida asossiz daromad olinganligi aniqlandi. Ushbu mablag‘lar isteʼmolchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinib, isteʼmolchilarning nomuayyan doirasi huquqlarini tiklash choralari ko‘rildi. Shuningdek, litsenziya talablari buzilishi holatlari bo‘yicha materiallar Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga taqdim etildi.

Hududlar kesimida aniqlangan holatlar quyidagicha:

— Qoraqalpog‘iston Respublikasida 26 ta dorixonada 5 311 ta holat aniqlanib, 130,3 mln so‘m miqdorida asossiz daromad olingan;

— Andijon viloyatida 26 ta dorixonada 3 200 ta holat aniqlanib, 95,5 mln so‘mni tashkil etgan;

— Buxoro viloyatida 53 ta dorixonada 38 355 ta holat aniqlanib, 929,4 mln so‘m miqdorida asossiz mablag‘ olingan;

— Jizzax viloyatida 23 ta dorixonada 1 042 ta holat aniqlanib, 56,4 mln so‘mni tashkil etgan;

— Qashqadaryo viloyatida 50 ta dorixonada 2 783 ta holat aniqlanib, 203,6 mln so‘m miqdorida asossiz daromad qayd etilgan;

— Navoiy viloyatida 79 ta dorixonada 20 645 ta holat aniqlanib, 329 mln so‘m miqdorida mablag‘ olingan;

— Namangan viloyatida 56 ta dorixonada 36 310 ta holat aniqlanib, 575,2 mln so‘mni tashkil etgan;

— Samarqand viloyatida 57 ta dorixonada 5 167 ta holat aniqlanib, 1 mlrd 231 mln so‘m miqdorida asossiz daromad olingan;

— Surxondaryo viloyatida 53 ta dorixonada 9 445 ta holat aniqlanib, 1 mlrd 570,2 mln so‘m miqdorida mablag‘ qayd etilgan;

— Sirdaryo viloyatida 33 ta dorixonada 2 782 ta holat aniqlanib, 208,6 mln so‘mni tashkil etgan;

— Toshkent viloyatida 63 ta dorixonada 21 983 ta holat aniqlanib, 735,1 mln so‘m miqdorida asossiz daromad olingan;

— Farg‘ona viloyatida 35 ta dorixonada 22 760 ta holat aniqlanib, 310,1 mln so‘mni tashkil etgan;

— Xorazm viloyatida 25 ta dorixonada 3 867 ta holat aniqlanib, 199,3 mln so‘m miqdorida mablag‘ qayd etilgan;

— Toshkent shahrida esa 173 ta dorixonada 131 219 ta holat aniqlanib, 1 mlrd 404,7 mln so‘m miqdorida dori vositalari narxlarini asossiz oshirish natijasida mablag‘lar olinganligi maʼlum bo‘ldi.

Chat