Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Milliy koordinatalar tizimini joriy etish tartibi belgilandi

  • 13.02.2026
  • 24 marta o'qildi

Hukumat qarori (49-son, 10.02.2026 y.) bilan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy koordinatalar tizimi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.


Qarorga ko‘ra, Milliy koordinatalar tizimi quyidagi asosiy tarkibiy qismlardan iborat bo‘ladi:

▪️ Milliy geodeziya referens datumi;
▪️ Yer gravitatsiya maydonining global modeli;
▪️ Milliy koordinatalar tizimining boshlang‘ich nol nuqtasi;
▪️ Davlat geodeziya tarmog‘i punktlari kataloglari;
▪️ Milliy koordinatalar tizimi maʼlumotlar bazasi.

Milliy koordinatalar tizimining boshlang‘ich nol nuqtasi Samarqand viloyati Samarqand shahridagi Cho‘ponota tepaligida joylashgan Davlat geodeziya punkti hisoblanadi.

✅ EGM2008 Milliy koordinatalar tizimining Yer gravitatsiya maydonining global modeli hisoblanadi.

✔️ Milliy koordinatalar tizimi maʼlumotlar bazasidan Milliy koordinatalar tizimining veb-sahifasi orqali foydalaniladi.

Chat