Aholining mahalliy avtomobillarga bo‘lgan talabini rag‘batlantirish maqsadida prezident avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini pasaytirish va ularning hajmini oshirish choralarini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda yiliga 650 mingtagacha avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega 4 ta yirik korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Joriy yilda 300 dan ziyod mahalliy korxona bilan kooperatsiya asosida yana 763 turdagi ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni boshlash muhimligi taʼkidlandi.
Shuningdek, avtomobil ishlab chiqarish hajmini yiliga 510 ming donaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
Avtomobil sanoati mutasaddilariga mavjud imkoniyatlarni batafsil tahlil qilib, 10,5 foiz o‘sishni taʼminlash maqsadida joriy yilgi ishlab chiqarish dasturini qayta ko‘rib chiqish topshirildi.