Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
♦ “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida erishilgan yutuqlar va mavjud muammolarni hisobga olgan holda samaradorlik ko‘rsatkichlarini belgilash;
♦ “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi maqsadlariga erishilishini monitoring qilish jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish.
✅ Raqamli platformada “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi maqsadlarining samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishilishi holati quyidagi toifalarga ajratiladi:
“yashil” – belgilangan samaradorlik ko‘rsatkichiga o‘z vaqtida va to‘liq erishilgan;
“sariq” – belgilangan samaradorlik ko‘rsatkichiga erishishda kechikishlar mavjud, biroq ularni bartaraf etish imkoni bor;
“qizil” – samaradorlik ko‘rsatkichiga erishishda jiddiy kechikishlar mavjud yoki ularga umuman erishilmagan.
Bunda:
♦ “yashil” toifaga kiritilgan samaradorlik ko‘rsatkichlariga masʼul idoralar rag‘batlantiriladi;
♦ “sariq” toifaga kiritilgan samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishishda mavjud kechikishlar sabablari tahlil qilinadi hamda ularni bartaraf etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tegishli idoraga zarur choralarni ko‘rish bo‘yicha ko‘rsatmalar beriladi;
♦ “qizil” toifaga kiritilgan samaradorlik ko‘rsatkichlariga masʼul idoralar faoliyati Vazirlar Mahkamasi Rayosatida tanqidiy ko‘rib chiqiladi.