Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Muborak Ramazon oyi munosib tarzda o‘tkaziladi

  • 18.02.2026
  • 29 marta o'qildi

2026 yilda muborak Ramazon oyining boshlanishi 19 fevral kuniga to‘g‘ri kelishi haqida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan axborot berildi.


Qarorga ko‘ra, “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” degan ezgu g‘oya asosida quyidagilarga alohida eʼtibor beriladi:

► kam taʼminlangan, ehtiyojmand, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash;

► mahallalarni o‘zaro hurmat, hamjihatlik, adolat va tarbiya maskaniga aylantirish;

► yer, suv, havo va tabiiy muhitni asrash, muqaddas qadamjolar, ziyoratgoh va  qabristonlarni obod etish;  

► Ramazon oyi bilan bog‘liq tadbirlarni isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymasdan, ixcham, mazmunli va tejamkorlik asosida o‘tkazish.

Ramazon oyini o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar ommaviy  axborot vositalarida keng yoritiladi.

Chat