Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

O‘zbekistonda fuqarolar nomida nechta bank kartasi va SIM karta borligini tekshirishi mumkin bo‘ladi

  • 24.02.2026
  • 47 marta o'qildi

Dekabr oyiga qadar my.gov.uz saytida fuqarolarga ularga rasmiylashtirilgan kartalar va raqamlarni tekshirish hamda ularni yopish uchun ariza berish imkonini beruvchi xizmat paydo bo‘ladi.


Yil yakuniga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida fuqarolar o‘z nomiga rasmiylashtirilgan bank kartalari va mobil raqamlarini to‘liq nazorat qilish imkonini beruvchi xizmat ishga tushiriladi.

Ushbu tashabbus prezident farmoni bilan tasdiqlangan davlat dasturi doirasida amalga oshirilmoqda.

Fuqarolar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘lishi kutilmoqda:

• o‘z nomiga nechta bank kartasi ochilganini ko‘rish;

• ro‘yxatdan o‘tkazilgan SIM-kartalar soni to‘g‘risida maʼlumot olish;

• zarurat tug‘ilganda, portal orqali karta yoki raqamni yopish uchun ariza berish.

Bundan tashqari, banklar va mobil aloqa operatorlarining axborot tizimlari bilan xavfsiz integratsiya yo‘lga qo‘yilib, real vaqt rejimida maʼlumot almashish imkoniyati yaratiladi.

Chat