Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Tadbirkorlar hamda ilmiy hamjamiyat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi

  • 25.02.2026
  • 22 marta o'qildi

“Tadbirkorlik subyektlari hamda ilmiy hamjamiyat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (75-son, 23.02.2026 y.) qabul qilindi.


✅ Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 iyulgacha tadbirkorlar hamda ilmiy hamjamiyat o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarini taʼminlash maqsadida quyidagi imkoniyatlarni o‘z ichiga olgan maxsus elektron platforma ishlab chiqilishi belgilandi:

♦ yaratilgan yangi ishlanmalar bo‘yicha tadbirkorlar va investorlar uchun batafsil maʼlumotlarni aks ettiruvchi elektron shaklda yuritiladigan Yangi ishlanmalar bazasini tashkil etish;

♦ ilmiy izlanuvchilar va ularning tadqiqot mavzulari reyestrini yuritish orqali ilmiy tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy ishlanmalar mualliflari va tadbirkorlar uchun ochiq maʼlumotlar maydonini yaratish;

♦ tadbirkorlar tomonidan o‘z faoliyat yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar orqali yechimini topish zarur bo‘lgan muammolarni kiritish imkoniyatini yaratish.

2026 yil 1 avgustga qadar Maxsus platforma “Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi” elektron platformasiga integratsiya qilinadi.

Chat