Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

O‘zbekistonda tezligi soatiga 150 kilometrlik avtomagistral quriladi

  • 10.03.2026
  • 24 marta o'qildi

Toshkent – Samarqand yo‘nalishida qurilish rejalashtirilayotgan mazkur yo‘l prezidentga taqdimot qilindi. Yo‘lning umumiy uzunligi 282 kilometrni tashkil etadi.


Prezident Shavkat Mirziyoyev transport infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan yirik loyihalar doirasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Toshkent – Samarqand yo‘nalishida yangi zamonaviy avtomagistral qurish loyihasi ko‘rib chiqildi. Rejaga ko‘ra, ushbu yo‘lning umumiy uzunligi 282 kilometrni tashkil etadi. Shundan 140 kilometrlik uchastkalarda tuproqni mustahkamlash ishlari amalga oshiriladi. Loyiha doirasida 12 ta transport yechimi, 91 ta ko‘prik va 16 ta yo‘l o‘tkazgich qurilishi ko‘zda tutilgan.

Besh yil davomida qurilishi rejalashtirilayotgan mazkur yo‘l Ia toifali, yaʼni avtomobil yo‘llarining eng yuqori texnik va xavfsizlik standartlariga javob beradigan magistral bo‘ladi. Unda har biri 3,75 metr kenglikdagi sement-beton qoplamali oltita harakat tasmasi barpo etiladi. Yo‘lning loyihaviy tezligi soatiga 150 kilometr etib belgilanadi.

Shuningdek, Toshkent – Angren – Qamchiq dovoni yo‘nalishida 171 kilometrlik muqobil avtomobil yo‘li barpo etish loyihasi ham amalga oshiriladi. Ushbu yo‘lda 33 kilometrlik tonnellar hamda bir qator yirik muhandislik inshootlarining qurilishi rejalashtirilgan.

Chat