Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Akademik litsey o‘quvchilariga qo‘shimcha yengillik va kafolatlar berilmoqda

  • 24.03.2026
  • 11 marta o'qildi

Adliya vazirligi O‘rta maxsus taʼlim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi (ro‘yxat raqami 2011-5, 19.03.2026 y).


✅ Unga ko‘ra, yakuniy attestatsiya sinovlarida  xorijiy tillar va umumtaʼlim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar mazkur fanlardan davlat imtihonlarini topshirmaydi va ularga maksimal ball beriladi.

Yakuniy attestatsiya sinovlarini  3 yil mobaynida ham topshirmagan o‘quvchilarga davlat namunasidagi shahodatnoma olish uchun eksternat tartibida yakuniy attestatsiyani topshirish huquqi beriladi.

Yakuniy attestatsiya sinovlarida shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun apellyatsiya komissiyasi tuziladi hamda o‘quvchilar davlat imtihoni baholari eʼlon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida apellyatsiya shikoyati berishi mumkin bo‘ladi.

⛔️ Shuningdek, apellyatsiya shikoyatini ko‘rishda o‘quvchilarning davlat imtihoni natijasida olgan ballarini pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Chat