Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Aviachipta 235 ming so‘m: Uzbekistan Airways yangi tariflar va bo‘lib to‘lash xizmatini joriy qildi

  • 25.03.2026
  • 34 marta o'qildi

Uzbekistan Airways bir necha darajadagi narxlar va parvoz shartlarini nazarda tutuvchi tariflarni joriy etmoqda. Tariflar bagaj me’yori, chiptalarni qaytarish shartlari, ketish sanasini o‘zgartirish va boshqa xizmat imkoniyatlari bilan farq qiladi. Kompaniya, shuningdek, bo‘lib to‘lash xizmatini ham yo‘lga qo‘ymoqda.


Uzbekistan Airways aviakompaniyasi aviachiptalar narxining bir necha darajasini nazarda tutuvchi brend tariflarini joriy etmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Brend tariflari tashish shartlari va kiritilgan xizmatlar to‘plami (bagaj me’yori, chiptalarni almashtirish va qaytarish shartlari, jo‘nab ketish sanasini o‘zgartirish imkoniyati va boshqa xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari) bilan farq qiladi.

2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekistonning ichki aviaqatnovlarida brend tariflari joriy etiladi, bunda Lite brendi bo‘yicha tariflarning minimal darajalari:

  • Toshkent — Andijon — 235 230 so‘mdan;
  • Toshkent — Samarqand — 235 230 so‘mdan;
  • Toshkent — Namangan — 235 230 so‘mdan;
  • Toshkent — Farg‘ona — 235 230 so‘mdan;
  • Toshkent — Buxoro — 276 741 so‘mdan;
  • Toshkent — Termiz — 401 275 so‘mdan;
  • Toshkent — Urganch — 484 298 so‘mdan;
  • Toshkent — Nukus — 484 298 so‘mdan boshlanadi.

Narx 2026-yil 17-mart holatiga ko‘ra valyuta o‘tkazmalari kursi bo‘yicha ko‘rsatilgan. Ko‘rsatib o‘tilgan tariflar aviatashuvlar narxining minimal darajalari hisoblanadi va chipta sotib olingan sana, joylarning mavjudligi va qo‘llaniladigan tarif shartlariga qarab o‘zgarishi mumkin.

 

Xalqaro yo‘nalishlarda, shuningdek, kiritilgan xizmatlar to‘plami va tariflarni qo‘llash shartlari bilan farq qiluvchi iqtisodiy va biznes-klasslarda aviatashuvlar narxining bir necha darajasini nazarda tutuvchi brend tariflari tizimi joriy etilmoqda.

Kompaniya ma’lum qilishicha, qaytarilmaydigan tariflarga ega chiptalar bo‘yicha parvozdan foydalanilmagan taqdirda, yo‘lovchilarga foydalanilmagan yo‘nalish uchastkasi uchun yoqilg‘i va bronlash yig‘imlaridan tashqari, foydalanilmagan uchastkalar uchun barcha taksa (yig‘imlar) va yig‘imlar qaytariladi.

Shuningdek, Uzbekistan Airways bo‘lib to‘lash xizmatini joriy qilganini ma’lum qildi. Bunda chiptani 12 oygacha bo‘lgan muddatda muddatli to‘lovga sotib olish mumkin bo‘ladi.

uzbekistan airways, chipta narxi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda ichki reyslarning o‘rtacha narxlari 51,9 foizga, xalqaro reyslar narxi esa 7,2 foizga oshgan.

Chat