Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

O‘zbekistonda er-xotin ajrashganayotganda yarashish muddati uzaytirilishi mumkin

  • 31.03.2026
  • 16 marta o'qildi

Sud bolaning alohida yashaydigan ota-onasi bilan muloqot qilish tartibini ham belgilaydi.


O‘zbekistonda er-xotinlarni yarashtirish muddatini olti oydan bir yilgacha uzaytirish taklif etilmoqda, bu tegishli qonun loyihasida nazarda tutilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, amaldagi qonunchilik oilaviy munosabatlarning muhim jihatlarini to‘liq qamrab olmaydi. Xususan, FHDY orqali ajralishda ko‘pincha oiladagi haqiqiy holat, nizolarning sabablari va ularni bartaraf etish imkoniyatlari inobatga olinmaydi. Natijada nikohni bekor qilish ko‘pincha rasmiy tusda amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, sud tomonidan er-xotinga yarashish uchun beriladigan muddat yetarli emas deb hisoblanmoqda. Shu munosabat bilan Oila kodeksining “Nikohdan sud tartibida ajratish” nomli 40-moddasiga o‘zgartirish kiritib, “olti oygacha” iborasini “bir yilgacha” bilan almashtirish taklif etilmoqda.

Shuningdek, komissiyani xabardor qilish tartibini o‘zgartirish taklif etilmoqda: “uch kundan kechiktirmay” iborasi o‘rniga “elektron hukumat tizimi orqali” iborasini qo‘llash nazarda tutilgan.

Tuzatishlar bolalar bilan bog‘liq masalalarga ham taalluqli. “Nikohdan ajratish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarishda sud tomonidan hal etiladigan masalalar” nomli 44-moddada nikohdan ajratilgandan so‘ng voyaga yetmagan bolalarning qaysi ota-ona bilan yashashi, shuningdek ularning yashash joyini sud belgilashi aniqlashtirilishi taklif etilgan.

Moddani bolaning alohida yashayotgan ota-onasi bilan muloqot qilish tartibini sud belgilashi haqidagi qoida bilan to‘ldirish rejalashtirilmoqda.

“Bolalar muassasalariga joylashtirilgan bolalar uchun aliment undirish” nomli 107-moddaga undirilgan alimentlar bolaning nomiga ochilgan bank hisobvarag‘iga o‘tkazilishi, mablag‘larning jamlanishini nazorat qilish esa vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshirilishi haqidagi norma kiritilishi taklif etilmoqda.

Shuningdek, “Voyaga yetmagan va mehnatga layoqatsiz voyaga yetgan shaxslarni ta’minlash majburiyati” nomli 122-moddani nikohda bir yildan kam yashagan oilalarning ajrim to‘g‘risidagi arizalariga oid (oiladagi zo‘ravonlik holatlari bundan mustasno) norma bilan to‘ldirish taklif etilmoqda.

Chat