Unga ko‘ra, 16-son “Madaniy boyliklar qiymatini baholash” Milliy baholash standarti qabul qilindi.
Xususan, madaniy boyliklar, yaʼni moddiy dunyoning milliy, tarixiy, badiiy, ilmiy-maʼrifiy, maʼnaviy-axloqiy va boshqa madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan ko‘char boyliklar, jumladan tasviriy va amaliy sanʼat asarlari baholanadi.
Madaniy boyliklarni baholash qiyosiy, daromad va xarajat yondashuvlaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
✅ Baholash obyektining madaniy boylik ekanligini tasdiqlovchi sanʼatshunos ekspertning xulosasi mavjud bo‘lishi madaniy boyliklar qiymatini baholashning eng muhim sharti hisoblanadi.
▶️ Mazkur Standart madaniy boyliklar, jumladan tasviriy va amaliy sanʼat asarlarini qiymatini aniqlash orqali ularni fuqarolik muomalasiga jalb qilishda, shu jumladan sotish va sotib olish, garov qo‘yish, sug‘urta qilish va boshqa munosabatlarda muhim ahamiyatga ega.