Unga ko‘ra, Toshkent shahridagi 12 ta tumanning har biri alohida iqtisodiy sohaga ixtisoslashtiriladi — gastronomiya, turizm va IT‘dan tortib logistika va elektrotexnikagacha
16 aprel kuni davlat rahbari Toshkentda iqtisodiy o‘sish surʼatlarini oshirish va tadbirkorlar uchun qulay shart-sharoitlarni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.
Yangi yondashuv asosida joriy yildan boshlab poytaxt tumanlari quyidagi sohalar bo‘yicha ixtisoslashtiriladi:
Bektemir tumani — kimyo sanoati va ulgurji savdo;
Mirzo Ulug‘bek tumani — kabel sanoati, ilm-fan, taʼlim va IT;
Mirabad tumani — oziq-ovqat sanoati, turizm va umumiy ovqatlanish;
Uchtepa tumani — zargarlik mahsulotlari, maishiy xizmatlar va chakana savdo;
Chilonzor tumani — farmatsevtika, savdo, xizmat ko‘rsatish va sport;
Shayxontohur tumani — mebel ishlab chiqarish va gastronomik turizm;
Yunusobod tumani — qog‘oz sanoati va turizm;
Yashnobod tumani — elektrotexnika va transport-logistika sohasi;
Yakkasaroy tumani — yengil sanoat va moliyaviy xizmatlar;
Yangixayot tumani — avtomobilsozlik va logistika;
Olmazor tumani — qurilish materiallari ishlab chiqarish va taʼlim;
Sergeli tumani — metallurgiya, logistika va avtoservis.
Mazkur tizim orqali har bir hududning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish va yangi ish o‘rinlarini yaratish maqsad qilingan.