Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida yangi tuzilmalar tashkil etiladi

  • 12.05.2026
  • 25 marta o'qildi

“Sog‘liqni saqlash tizimida boshqaruv samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–77-son, 05.05.2026 y.) qabul qilindi.


Farmonga ko‘ra, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida quyidagilar tashkil etiladi:

♦ Salomatlik va strategik rivojlanish instituti negizida Aholi salomatligini tahlil qilish ilmiy-tadqiqot markazi;

♦ Klinik audit inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari;

♦ Kontent mediamarkazi.

✅ Autsorsing asosida quyidagilar faoliyati yo‘lga qo‘yiladi:

♦ aholi murojaatlari, shikoyatlari, takliflari va eʼtirozlarini qabul qilish, ularni tezkor ko‘rib chiqish hamda tegishli tashkilotlarga yo‘naltirishni taʼminlash maqsadida “Call-markaz”;

♦ aholi va tibbiyot xodimlari bilan tizimli muloqotni taʼminlash, tibbiy xizmatlar sifati, ommabopligi va mavjud muammolar yuzasidan tezkor axborot olish hamda tahlil qilish maqsadida qayta aloqa tizimi (Feedback).

2026 yil 1 sentyabrdan tibbiyot assotsiatsiyalariga quyidagi vakolatlar beriladi:

▪️ tibbiy yordam ko‘rsatishni standartlashtirish hujjatlarini ishlab chiqish, ularni muhokama qilishda ishtirok etish va qayta ko‘rib chiqish;

▪️ cog‘liqni saqlash vazirligi va Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasining taklifiga ko‘ra statsionar tibbiyot tashkilotlarining tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini baholashda ishtirok etish;

▪️ tibbiyot xodimlarining malakasini baholash, sertifikatlash hamda qayta tayyorlash jarayonlarida mustaqil professional ekspert sifatida ishtirok etish va boshqalar.

Chat