Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratiladi

  • 02.06.2026
  • 29 marta o'qildi

 “Tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash orqali yoshlar bandligini taʼminlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–210-son, 01.06.2026 y.) qabul qilindi.


Qarorga ko‘ra,  AT “Aloqabank” tomonidan “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida 31 yoshga to‘lmaganlarga asosiy qarzdan 1 yilgacha, foiz to‘lovlaridan 3 oygacha imtiyozli davr bilan 7 yilgacha kreditlar Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada ajratiladi:
 
✅ sug‘urta polisi taʼminoti yoki 3-shaxs kafilligi asosida 100 mln so‘mgacha imtiyozli mikroqarzlarni quyidagi loyihalar bo‘yicha ajratish:
 
➖ yoshlarning xorijiy til va raqamli texnologiyalarni o‘rganishi hamda zamonaviy kasb-hunarni egallashi bo‘yicha o‘qish xarajatlarini moliyalashtirish uchun – 20 mln so‘mgacha;
 
➖ zamonaviy kasblar, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar marketingi, mobilografiya, frilanserlik, internet (onlayn) do‘konlar tashkil etish va o‘zini o‘zi band qilish faoliyat turiga mos loyihalar uchun – 50 mln so‘mgacha;
 
➖ kasanachilik, to‘qimachilik mahsulotlarini tayyorlash, tikuvchilik va boshqa mahsulotlarni ikkilamchi qayta ishlash va (yoki) sotish, ulardan yangi mahsulotlar tayyorlash loyihalari uchun – 50 mln so‘mgacha;
 
➖ novvoychilik va shirinliklar tayyorlash hamda sotish loyihalarga – 100 mln so‘mgacha.

Chat