Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Avtobuslarda yo‘lovchi tashish takomillashtiriladi

  • 04.06.2026
  • 19 marta o'qildi

“Shahar yo‘lovchi transporti tizimini yana-da takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (276-son, 03.06.2026 y.) qabul qilindi.


Qarorga ko‘ra, haydovchi bilan birga 60 yoki undan ortiq kishini tashishga mo‘ljallangan, “Yevro-5” va undan yuqori ekologik toifa talablariga mos keladigan M3 toifadagi (III sinfga mansub bo‘lmagan) yangi transportlarni (avtobus/elektrobus yoki trolleybuslar):

➖ 2027 yil 31 dekabrgacha O‘zbekistonga import qilishda utilizatsiya yig‘imining nol stavkasi qo‘llaniladi.
 
2026-yil 1-sentyabrdan:
 
► yo‘lovchi tomonidan yo‘lkira haqi validatorlar bilan jihozlangan avtobusga chiqish vaqtida quyidagi usullar orqali to‘lanadi:
 
▪️ transport kartasini validatorga tekkizgan holda uni validatsiya qilish;
 
▪️ bank kartasi, smartfon va boshqa kontaktsiz elektron to‘lov turlaridan foydalanish (NFC, QR, Biometric, BLE, UWB va boshqa joriy etilayotgan texnologiyalar yordamida to‘lash);
 
▪️ ijtimoiy/transport kartasini validatorga tekkizgan holda imtiyozli yoki bepul yurish huquqini tasdiqlash;
 
► yo‘lkira haqi mazku usullar orqali avtobusga chiqish vaqtida to‘lanmaganda, yo‘lovchi avtobusda chiptasiz yurgan deb hisoblanadi.

Chat