Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

O‘zbekistonda pensiyalarni hisoblash tartibini o‘zgartirish taklif qilinmoqda

  • 16.07.2026
  • 30 marta o'qildi

Pensiyani hisoblashda hisobga olinadigan ish haqi davrini 5 yildan 20 yilgacha oshirish va hisobga olinadigan eng yuqori ish haqi miqdorini 6,6 mln so‘mgacha oshirish rejalashtirilmoqda. Prezidentga pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar taqdim etildi.


Prezident Shavkat Mirziyoyev pensiya tizimini isloh qilish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Hozirgi vaqtda pensiya oxirgi o‘n yil ichida har qanday besh yillik mehnat faoliyati uchun ish haqidan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Bunda ish haqining 6 mln so‘mdan oshgan qismi hisob-kitobda inobatga olinmayapti, bu esa ayrim hollarda pensiyaning o‘rtacha miqdori kamayishiga olib kelmoqda.

Shu munosabat bilan pensiyani hisoblashda hisobga olinadigan ish haqi davrini 5 yildan 20 yilga oshirish, shuningdek, kam daromadli ayrim davrlarni hisobdan chiqarish taklif etilmoqda.

Bundan tashqari, 2027 yildan boshlab pensiyani hisoblashda hisobga olinadigan ish haqining yuqori chegarasini 6 million so‘mdan 6,6 million so‘mga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, yangi tartib pensiyaga chiqadigan fuqarolarning pensiya miqdorini 8 foizga oshirishi mumkin.

Davlat rahbari tegishli qonun loyihasini tayyorlashdan oldin taklif etilayotgan o‘zgarishlarning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini puxta baholash, shuningdek, jamoatchilik bilan muhokama qilish zarurligini taʼkidladi.

Chat