Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili boshlanish sanasi belgilandi

  • 20.08.2026
  • 86 marta o'qildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlari, akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlarini boshlash sanalari ma’lum qilindi.

Vazirlikning rasmiy xabariga ko‘ra, akademik litsey va texnikumlarda yangi o‘quv yili 2026-yil 2-sentabrdan boshlanadi.

Oliy ta’lim tashkilotlarida esa o‘quv jarayoni talabalarning bosqichiga qarab turli sanalardan tashkil etiladi.

Jumladan:

  • 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentabrdan;
  • 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentabrdan o‘quv jarayonlari boshlanadi.

Shu tariqa, 2026/2027-o‘quv yilida akademik litsey va texnikum o‘quvchilari 2-sentabrdan, oliy ta’lim tashkilotlariga yangi qabul qilingan talabalar 7-sentabrdan, yuqori bosqich talabalari esa 14-sentabrdan dars mashg‘ulotlariga kirishadi.

Talabalar va o‘quvchilarga o‘quv jarayonini tashkil etish, dars jadvallari, talabalar turar joylariga joylashish hamda boshqa tashkiliy masalalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘zlari tahsil olayotgan ta’lim tashkilotlarining rasmiy axborot manbalari orqali kuzatib borish tavsiya etiladi.

Manba: O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.

Chat