Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Toshkent shahrida Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish mintaqaviy markazi tashkil etiladi

  • 21.08.2026
  • 49 marta o'qildi

“Toshkent shahrida Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish mintaqaviy markazini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori (446-son, 18.08.2026 y.) qabul qilindi.


Qarorga ko‘ra, Toshkent shahridagi Maktabgacha taʼlim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutit huzurida Maktabgacha taʼlimni rivojlantirish mintaqaviy markazi (Markaz) tashkil etiladi.

Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilandi:

➖ maktabgacha taʼlim sohasidagi mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish;

➖ YUNESKOga aʼzo mamlakatlarning maktabgacha taʼlim dasturlari va usullari bilan bog‘liq qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish;

➖ bolalarni erta rivojlantirishga qaratilgan taʼlim dasturlarini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etish;

➖ 2030 yilgacha maktabgacha taʼlim sohasidagi Toshkent deklaratsiyasi ijrosi yuzasidan monitoringni amalga oshirish va davriy hisobotlar tayyorlash;

➖ maktabgacha taʼlim sohasida pedagog kadrlarni qayta tayyorlashda yangi yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, shuningdek, xalqaro trening, seminar va konferensiyalarni tashkil etish.

Chat