Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Boshpanasiz shaxslarni vaqtinchalik boshpana bilan taʼminlash tartibi belgilandi

  • 21.08.2026
  • 50 marta o'qildi

Hukumat qarori (447-son, 18.08.2026 y.) bilan “Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markaziga joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish”ning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.


Ushbu Reglament muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni Vaqtinchalik boshpana va ijtimoiy tiklanish markaziga (Markaz) joylashtirish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish tartibini belgilaydi.

Reglamentga ko‘ra, ichki ishlar organlari xodimlari hamda mahallada kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodimlar tomonidan:

➖ ko‘cha, vokzal, bozor, yer osti yo‘laklari, yashash uchun mo‘ljallanmagan binolar va boshqa jamoat joylarida muntazam ravishda muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar aniqlanadi hamda ularga Markaz xizmatlaridan foydalanish taklif etiladi.

Voyaga yetgan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxs joylashish uchun Markazga bevosita murojaat qiladi.

Bunda voyaga yetgan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxsning voyaga yetmagan farzandlari mavjud bo‘lsa, ular ushbu shaxs bilan birgalikda joylashtiriladi.

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslar tuman (shahar) darajasidagi tibbiyot muassasalarining shoshilinch qabul bo‘limlari tomonidan ular olib kelingan vaqtda tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

✅ Mazkur tibbiy ko‘rikda shaxsda Markazga joylashtirishga monelik qiluvchi shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordamga muhtojlik holatlari hamda yuqumli kasalliklar mavjud bo‘lmagan taqdirda Markazga qabul qilinadi.

Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxs tomonidan so‘rovnomani to‘ldirish uchun maʼlumotlarning taqdim etilishi, uning Markazga joylashtirish, Markazning ichki tartib-qoidalariga amal qilishga roziligini bildiradi.

So‘rovnoma shakllantirilganidan so‘ng muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxs Markazga 7 kunga joylashtiriladi.

Ayrim belgilangan holatlarda Markazda qolish muddati 6 oyga uzaytirilishi mumkin.

Chat