Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Yuridik universitet talabalari “Madad” NNTda amaliyot o‘tamoqda

  • 14.09.2026
  • 49 marta o'qildi

Yuridik universitetning turli kurslarida tahsil olayotgan talabalar “Madad” NNTda malakaviy amaliyot o‘tashni boshladi.


Amaliyot davomida talabalar tashkilotning turli yo‘nalishlariga, jumladan:

► shahar huquqiy maslahat byurolariga;
1008 va 1148 ishonch telefonlari yo‘nalishlariga;
► markaziy apparatning tegishli bo‘limlariga biriktiriladi.

 

Talabalar nazariy bilimlarini amaliyot bilan mustahkamlab, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, huquqiy maslahat berish hamda huquqiy hujjatlar bilan ishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishadilar.

Asosiy maqsad — bo‘lajak huquqshunoslarning kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularga real ish jarayonida tajriba orttirish imkoniyatini yaratish.

“Madad” NNT yosh huquqshunoslarning kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan hamkorlikni davom ettiradi.

Chat