2026-yil 12-dekabrdan O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tovar sotuvchi xorijiy elektron savdo platformalari uchun yangi soliq qoidalari kuchga kiradi.
Xorijiy marketpleys O‘zbekistonda birinchi savdoni amalga oshirganidan keyin 30 kun ichida soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tishi kerak bo‘ladi.
Ular sotilgan tovarlar bo‘yicha 12 foiz QQS hisoblaydi va har chorakda soliq hisobotini taqdim etadi. Soliq hisobot davridan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay to‘lanadi.
Agar xorijiy kompaniya O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tmasdan ishlayotgani aniqlansa va tegishli ogohlantirishdan keyin ham 30 kun ichida ro‘yxatdan o‘tmasa, uning mamlakatdagi faoliyati cheklanishi mumkin.
Yangi tartib O‘RQ–1173-son Qonun bilan belgilangan.