Prezidentning 2026-yil 10-sentabrdagi PF–191-son Farmoni bilan tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlarni tayyorlash hamda ularni moddiy rag‘batlantirishning yangi mexanizmlari belgilandi.
2027-yil 1-yanvardan quyidagi xodimlarga har oylik ustama to‘lanishi nazarda tutilgan:
Sog‘liqni saqlash vazirligi oliy ma’lumotli hamshira va tibbiyot og‘alariga aynan shu miqdorda ustamalar to‘lanishini ham ma’lum qilgan.
Ya’ni bakalavr darajasiga ega hamshira yoki tibbiyot og‘asi har oy 1 MHTEK, magistr darajasiga ega bo‘lsa 2 MHTEK miqdorida qo‘shimcha ustama oladi.
Shuningdek, 2027/2028-o‘quv yilidan o‘rta tibbiyot xodimlarini tayyorlashning ikki yillik dasturlariga qabul qilish amaliyoti bekor qilinadi.
“Oliy tibbiy hamrohlik ishi” bakalavriatida yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari bilan qo‘shma ta’lim dasturlari joriy etiladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, xorijiy hamkorlarning o‘quv dasturlarining kamida 70 foizini joriy qilish nazarda tutilgan.
“Tibbiy hamrohlik ishi” bo‘yicha ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash uchun maxsus magistratura dasturi ham yo‘lga qo‘yiladi.
Yangi tizim o‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy rolini kengaytirish hamda oliy ma’lumotli hamshira va tibbiyot og‘alarini moddiy rag‘batlantirishni kuchaytirishga qaratilgan.
Bundan tashqari, tor soha shifokorlarini tayyorlash rezidenturaga o‘tkaziladi. 2027/2028-o‘quv yilidan klinik ordinaturaga qabul to‘xtatiladi, davlat granti asosida rezidenturada o‘qiyotganlarga esa 2,15 MHTEK miqdorida stipendiya to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-sentabrdagi PF–191-son “Tibbiyot va farmatsevtika sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni.