Yangi muddat bakalavriat va magistraturaga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar, shuningdek, o‘qishi ko‘chirilgan, ko‘chirish orqali tiklangan yoki o‘qishga qayta tiklangan talabalarga taalluqli.
15-oktabrga qadar bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha yillik summaning kamida 25 foizi to‘lanishi kerak.
Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha esa belgilangan summaning kamida 50 foizi shu muddatga qadar to‘lanishi lozim.
Mazkur muddat kontrakt to‘lovini amalga oshirish bilan birga, talabani OTM talabalari safiga qabul qilishni rasmiylashtirish jarayoniga ham taalluqli.
Oxirgi muddat — 15-oktabr.
Bazaviy kontrakt — kamida 25%.
Tabaqalashtirilgan kontrakt — kamida 50%.