Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Dunyoda uch nafar shaxs xorijga oddiy pasportsiz safar qiladi

  • 21.09.2026
  • 26 marta o'qildi

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III, Yaponiya imperatori Naruhito va uning rafiqasi Masako xorijiy safarlar uchun oddiy pasportdan foydalanmaydi. Biroq bu ular hech qanday rasmiy hujjatsiz chegaradan o‘tadi degani emas.


Dunyoda xorijga chiqish uchun aksariyat odamlarga pasport zarur. Ammo ayrim davlat rahbarlari va monarxlar uchun alohida diplomatik tartiblar mavjud.

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III xorijiy safarlarda Britaniya pasportidan foydalanmaydi. Bu holat Britaniya qirollik oilasining rasmiy saytida ham qayd etilgan. Sababi — Britaniya pasportining o‘zi monarx nomidan rasmiylashtiriladi.

Qirollik oilasining boshqa a’zolari, jumladan qirolicha va Uels shahzodasi oddiy pasportga ega.

Qirolning xorijiy safari uchun pasport o‘rniga uning maqomini tasdiqlovchi maxsus rasmiy tartib qo‘llaniladi.

Yaponiyada ham shunga o‘xshash istisno mavjud. Imperator Naruhito va imperatritsa Masako oddiy pasportdan foydalanmaydi. Ularning xorijiy tashriflarida tegishli davlat organlari tomonidan maxsus hujjatlar rasmiylashtiriladi va Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi qabul qiluvchi davlatni oldindan xabardor qiladi.

2026-yil iyun oyida Naruhito va Masako Niderlandiya hamda Belgiyaga rasmiy tashrif buyurgani Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ham qayd etilgan.

Muhim: “pasportsiz safar” ular chegarani hech qanday hujjatsiz kesib o‘tishini anglatmaydi. Ular uchun oddiy fuqarolarnikidan farq qiluvchi maxsus davlat va diplomatik tartiblar amal qiladi.

Chat