Qo‘mitaga ko‘ra, so‘nggi vaqtlarda telefonlarni bojsiz olib kirish me’yorlaridan noqonuniy foydalanishga urinishlar ko‘paygan. Jumladan, IMEI-kodlarni soxtalashtirish, boshqa qurilmaning identifikatoridan foydalanish va bir telefon ma’lumotlari orqali boshqasini qonuniylashtirish holatlari aniqlangan.
2026-yil boshidan «Toshkent-AERO» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi 185 ta holatda, umumiy qiymati 8,8 mlrd so‘mlik 1 185 ta mobil qurilma noqonuniy olib kirilishining oldini olgan.
Mutaxassislar IMEI-1 va IMEI-2 kodlari bitta qurilmaga tegishliligini, shuningdek, ushbu identifikatorlar avval mobil tarmoqlarda qayd etilgan-etilmaganini aniqlashi kerak. Qo‘mita bunday tekshiruv maxsus bilim va malaka talab qilishini ta’kidlagan.
Bojxona qo‘mitasi tegishli idoralar bilan tekshirish va rasmiylashtirish tartibini aniqlashtirmoqda. Rasmiy bayonotda jarayonni qayta tiklashning aniq sanasi ko‘rsatilmagan.
Telefonlarni rasmiylashtirish bo‘yicha savollar yoki korrupsiya holatlari yuzasidan 11-08 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilish mumkin. Liniya kecha-kunduz ishlaydi.
Rasmiy manba — Bojxona qo‘mitasi Matbuot xizmatining axboroti.