Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

2027-yilda ta’lim va tibbiyotga qariyb 176 trln so‘m ajratish rejalashtirilmoqda

  • 16.11.2026
  • 120 marta o'qildi

2027-yil Davlat budjeti loyihasida ta’lim va sog‘liqni saqlash xarajatlarini oshirish nazarda tutilmoqda. Ushbu ikki sohadagi islohotlarni moliyalashtirishga jami 176 trln so‘mga yaqin mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilgan.


Bu ko‘rsatkichlar 13-noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida o‘tkazilgan budjet-soliq siyosatiga bag‘ishlangan yig‘ilishda muhokama qilindi.

Ta’lim va tibbiyot xarajatlari

 

Yo‘nalish         2027-yil uchun reja                Avvalgi yilga nisbatan o‘sish       
Ta’lim 114,3 trln so‘m 14 trln so‘m
Sog‘liqni saqlash 61,4 trln so‘m 12 trln so‘m

 

Shuningdek, hududlar va mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligi va daromadlarini oshirish, inson kapitalini rivojlantirish hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirish uchun 70 trln so‘m ajratish ko‘zda tutilmoqda.

Ijtimoiy majburiyatlarni barqaror moliyalashtirish uchun iqtisodiyotning yillik o‘sishini kamida 7 foiz darajasida ta’minlash zarurligi ta’kidlandi.

Ustuvor vazifalar qatorida mehnat unumdorligini oshirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish va yuqori daromadli ish o‘rinlarini ko‘paytirish belgilangan.

Budjet loyihasining muhokamasi

Rasmiy axborotga ko‘ra, loyiha va uni amalga oshirish choralari mahalliy Kengashlarda muhokama qilinib, keyin Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritiladi.

Manba — Prezidentning rasmiy veb-sayti, 2026-yil 13-noyabr.

Chat