Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

1 martdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?

  • 28.02.2023
  • 951 marta o'qildi

1) Yangi yunalishlarda mahalliy aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi:

Hududlarni bir-biri bilan o‘zaro bog‘lash maqsadida quyidagi yangi yo‘nalishlarda muntazam aviaqatnovlar boshlanadi:

  • Samarqand — Nukus;
  • Samarqand — Mo‘ynoq;
  • Samarqand — Termiz;
  • Buxoro — Termiz;
  • Namangan — Termiz;
  • Namangan — Nukus.

2) Milliy sport turlari bo‘yicha umumrespubdika sport musoboqalari o‘tkaziladi:

Olimpiya, noolimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha uch bosqichli umumrespublika sport musobaqalarini o‘tkazish tizimi joriy qilinadi:

  • bosqichda — tuman (shahar) musobaqalari;
  • bosqichda — viloyat musobaqalari;
  • bosqichda — respublika (final) musobaqalari

3) Unitar korxona shaklida yuridik shaxs tashkil etish to‘xtatiladi:

Qonunchilikka ko‘ra, unitar korxona yoki qo‘shimcha masʼuliyatli jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklida yuridik shaxs tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

4) Soliq to‘lovchilar sayyor soliq tekshiruvlari ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilishi mumkin:

Soliq to‘lovchilarga soliq organlarining sayyor soliq tekshiruvlari va soliq auditi natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarorlari ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sudga shikoyat qilish huquqi beriladi.

5) Yuridik shaxslarga my.gov.uz orqali tijorat xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi:

Axborot xavfsizligi talablariga rioya etgan holda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar barcha yuridik shaxslarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tijorat xizmatlarini ko‘rsatishga ruxsat beriladi. 

6) Qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi:

Tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar va jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun qiynoqqa solishga qarshi kurashish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari doimiy ravishda tashkil etiladi

7) Ayrim davlat xaridlari bo‘yicha buyurtmalarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida bajarilishi to‘xtatiladi:

Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan amalga oshiriladigan bir shartnoma summasi BHMning 3 500 baravari va undan yuqori bo‘lgan davlat xaridlari bo‘yicha buyurtmalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida bajarilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

8) Tadbirkorlik soliq qarzini foizlarsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin:

Tadbirkorlarning 2023 yil 1 yanvarga nisbatan 1 fevral holatiga oshgan (hosil bo‘lgan) soliq qarzini 2023 yil 1 martdan 1 iyulgacha foizlarsiz, qo‘shimcha shartlar qo‘ymasdan va taʼminot talab etmasdan teng ulushlarda bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi. 

9) Elektr energiyasi va gazdan foydalanish qoidalarini buzganlar elektron rasmiylashtiriladi:

Elektr energiyasi va tabiiy gazni nazorat qilish hamda hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlaridagi yoqilg‘i-energiya resurslari isteʼmoli to‘g‘risidagi maʼlumotlar monitoring qilinadi.

Shuningdek, elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarlik bo‘yicha tuzilgan dalolatnomalarni elektron rasmiylashtirish va tegishli maʼlumotlarni “E-ma‘muriy ish” tizimiga kiritish tartibi joriy etiladi

Chat