Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Maʼmuriy jarimalar 15 kun ichida to‘lansa, 50 foiz chegirma qo‘llaniladi

  • 23.03.2023
  • 963 marta o'qildi

Prezident qaroriga (PQ–99-son, 23.03.2023 y.) muvofiq, maʼmuriy huquqbuzarliklar bo‘yicha qo‘llanilgan jarimani ixtiyoriy to‘lash tizimi yana-da soddalashtiriladi. 

Shunga ko‘ra, 2023 yil 1 maydan:

  • huquqbuzar unga jarima solish to‘g‘risidagi qaror topshirilgan kundan boshlab 15 kun ichida jarima miqdorining 50 foizini30 kun ichida 70 foizini ixtiyoriy to‘lagan taqdirda, u jarimaning qolgan qismini to‘lashdan ozod qilinadi.

Mazkur tartib endilikda sud qarorlariga asosan qo‘llaniladigan jarimalarga nisbatan ham tatbiq etiladi.

Shuningdek, 2023 yil 1 sentyabrdan:

  • sudlanganlik muddatining o‘tib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi haqidagi maʼlumotlar Ichki ishlar vazirligining “Tezkor maʼlumotlar” yagona axborot tizimida avtomatik ravishda onlayn shakllantiriladi;

  • bu bo‘yicha maʼlumotnoma sudlanganlik muddati tugagan yoki sudlanganlik olib tashlangan sananing ertasidan kechiktirmasdan tegishli shaxsning YAIDXP (my.gov.uz)dagi shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda bepul yuboriladi.

Chat