Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Ayrim isteʼmol tovarlariga nisbatan bojxona boji nol stavkada qo‘llanilishi uzaytirildi

  • 24.03.2023
  • 455 marta o'qildi

Isteʼmol bozorlarida narxlar barqarorligini taʼminlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–41-son, 23.03.2023 y.) qabul qilindi

Farmonga ko‘ra, 2024 yil 1 yanvargacha O‘zbekistonga olib kirishda bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladigan tovarlar ro‘yxati tasdiqlandi. Jumladan:

  • yogurt; paxta, ivigan sut yoki qaymoq, qatiq;
  • pishloq va tvoroglar;
  • yangi yoki quritilgan xurmo (finik), anjir, ananas, avokado, guava, mango va mangostin yoki garsiniya;
  • yangi olma, nok va behi;
  • bug‘doy yoki javdardan tashqari g‘alla donidan un;
  • kakao tarkibli shokolad va boshqa tayyor oziq-ovqat mahsulotlari.

Maʼlumot uchun: Prezident farmoniga asosan ilgari mazkur muddat 2023 yil 1 iyulga qadar edi.

Chat