Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

25 yoshgacha xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq ish beruvchilarga to‘liq qoplab beriladi

  • 27.04.2023
  • 847 marta o'qildi

Yoshlarning bandligiga ko‘maklashish hamda ularni doimiy ish bilan taʼminlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–61-son, 26.04.2023 y.) qabul qilindi

Farmonga ko‘ra, 2023 yil 1 maydan 2025 yil 1 yanvarga qadar ish beruvchilarga (byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar, shuningdek, ijtimoiy soliqni 1 foiz stavkada to‘lovchilar bundan mustasno) ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasi Davlat byudjetidan to‘liq qoplab beriladi.

Bunda, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qoplab beriladi.

Chat