Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlar yoxud ularning oliy taʼlimda tahsil olayotgan farzandlari to‘lov-kontrakti imtiyozlaridan foydalanishlari mumkinmi?

  • 4613

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 martdagi  “Xotin-qizlar muammolarini o‘rganish va hal etish tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 145-son qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasidagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan (taʼlim shaklidan qatʼiy nazar) “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand xotin-qizlar yoxud ularning oliy taʼlimda tahsil olayotgan ikki va undan ortiq farzandlarining bir nafariga bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravarigacha bir marotaba to‘lov-kontrakti to‘lab berish taʼkidlangan.


Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi murojaat etiladigan organ hisoblanadi. Onangiz hokim yordamchisiga BHM ning 15 baravarigacha bir marotaba to‘lov-kontrakti to‘lab berishda yordam so‘rab  murojaat qilishi kerak.

Chat