Javob: Amaldagi mehnat kodeksining 385-moddasida
“oliy taʼlim tashkilotlarida kechki taʼlim shaklida o‘qiyotgan birinchi va ikkinchi kurs talabalariga — kamida 20 kalendar kun, o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida — kamida 10 kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus taʼlim tashkilotlarida sirtqi taʼlim shaklida o‘qiyotganlarga esa — kamida 30 kun;
oliy taʼlim tashkilotlarida kechki taʼlim shaklida uchinchi va undan yuqori kurslarda o‘qiyotganlarga — kamida 30 kalendar kun, o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tashkilotlarida — kamida 20 kalendar kun, oliy va o‘rta maxsus taʼlim, kasb hunar taʼlimi tashkilotlarida sirtqi taʼlim shaklida o‘qiyotganlarga esa kamida 40 kalendar kun muddatga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda har yili beriladi.
Mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilganiga nisbatan davomiyligi ko‘proq bo‘lgan o‘quv taʼtillari nazarda tutilishi mumkin.
Ishni o‘qish bilan birga olib borayotgan xodimlarga navbatdagi mehnat taʼtillari ular o‘quv taʼtillaridan foydalanganligidan qatʼi nazar beriladi.
Ish beruvchi oliy taʼlim tashkilotlarida sirtqi taʼlim shaklida tahsil olayotgan xodimlarga laboratoriya-imtihon sessiyasida ishtirok etish uchun taʼlim tashkiloti joylashgan yerga borishi va u yerdan qaytib kelishi uchun yiliga bir marta yo‘lkira haqining ellik foizidan kam bo‘lmagan miqdorini to‘laydi. Davlat attestatsiyasidan o‘tish uchun xuddi shunday miqdorda yo‘lkira haqi to‘lanadi deb ko‘rsatilgan.
Shu moddaga asosan sizga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda imtixonlarni topshirish uchun taʼtil beriladi.