Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

Qanday qilib nikohni sud tartibida bekor qilish mumkin?

  • 9189

Birgalikda farzandlar bo‘lgan taqdirda nikohni bekor qilish uchun fuqarolik ishlari bo‘yicha tumanlararo sudga da’vo arizasi bilan murojaat qilish kerak.

Kerakli hujjatlar:

  • pasport nusxalari (ID-karta);
  • bolalarning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi (nusxasi);
  • nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi guvohnoma (asl nusxasi);
  • davlat boji to‘langanligi to‘g‘risidagi kvitantsiya (2 BHM). Takroriy nikoh bekor qilingan taqdirda (4 BHM).

Agar sud er va xotinning bundan buyon birgalikda yashashiga va oilani saqlab qolishga imkoniyat yo‘q deb topsa, ularni nikohdan ajratadi.

Sud ishning ko‘rilishini keyinga qoldirib, er-xotinga yarashish uchun olti oygacha muhlat tayinlashga haqli.

Nikohdan ajralishni sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida FHDYo organida qayd etish er yoki xotinning yoxud er yoki xotindan birining ishonchnoma asosida harakat qiluvchi vakilining nikohdan ajralishni qayd etish to‘g‘risidagi arizasi asosida amalga oshiriladi. Bunda arizaga sudning hal qiluv qarori ilova qilinadi.

Sud qarori bilan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi guvohnomani olish uchun nikohni ro‘yxatdan o‘tkazish joyidagi FHDYo bo‘limiga murojaat qilishingiz kerak.

Chat