Bilmadim
Assalomu alaykum, 11.08.2003 kuni 347-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent Islom universiteti bitiruvchilarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” gi qarorining 1-bandida 2003-yilning 1-sentabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Toshkent islom universitetini bitirib, davlat idoralari va nodavlat tashkilotlarga ishga qabul qilinadigan bakalavr va magistrlarning lavozim maoshlariga 20 foiz miqdorida oylik qo‘shimcha haq belgilansin deyilgan. Shunda davlat idoralari deyilgan joyi bor. Oliy ta’lim muassasasida ishlaganga ham bu ustama amal qiladimi? Yani davlat idoralari va nodavlat tashkilotlar deganda hamma davlat tashkilotida ishlasa ham degan ma’no bormi yoki davlat idoralari deganda aynan qaysidur tashkilotlar nazarda tutilganmi? Shunga aniqlik kiritib bersangiz, oldindan Rahmat!