Assalomu alaykum. Doʻstim bir kishiga 2 mln soʻmga kitob sotadi. Bitim yozma ravishda rasmiylashtiriladi. Lekin doʻstimning qoʻli shol, ishlamasligi tufayli u qoʻshnisidan uning oʻrniga imzo chekishini soʻraydi. Qoʻshnisi rozi boʻladi. Kitoblarni sotib olgan kishi pulini toʻlab, 2 haftadan keyin olaman deb ketadi. Ikki hafta oʻtgach sotib oluvchi kelmadi. Shu oraliqda kitobni sotgan doʻstim vafot etib qoladi. Keyin doʻstimdan kitobni talab qilib kelganida uning merosxoʻr qizi kitoblarni bermayman. Oʻrtalaringda kelishuv boʻlmagan deydi. Shu holatda kitob merosxoʻr qizda qoladimi yoki muddatidan kechikib kelgan kishiga oʻtadimi? Buni qaysi norma bilan tartibga solsa boʻladi. Javob uchun oldindan rahmat