Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 9177 marta o'qildi

«Saxovat» internat uylari O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksiga muvofiq ularni parvarish qilishi shart bo‘lgan birinchi darajadagi qarindoshlari yoki vasiylari bo‘lmagan yolg‘iz keksalar, 18 yoshidan boshlab I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi I guruh nogironligi bo‘lgan keksalar uchun tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatadigan davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi.

«Saxovat» internat uylariga qabul qilishga to‘sqinlik qiluvchi xolatlar
  • tez-tez, har oyda 5-martadan ko‘p tutqanoq sodir bo‘ladigan epilepsiya, muntazam tutqanoqlarga, epileptik maqomga, kun oxiriga borib bo‘shashuvchanlikka, disforiyalarga moyillik;
  • bemorning o‘zi va atrofidagilar uchun xavfli bo‘lgan moyillikning qo‘pol buzilishlari va axloqiy dag‘allik bilan birga kechadigan ruhiy kasalliklar;
  • jarayonning faol bosqichidagi sil kasalligi;
  • yuqumli teri va soch kasalliklari;
  • o‘tkir yuqumli kasalliklar;
  • salbiy jarayondagi, yomon holatda o‘tadigan shish kasalliklari va retsidivlari;
  • tanosil kasalliklari.

«Saxovat» internat uylariga qabul qilish chog‘ida yuqori harorat yoki noaniq etiologiyali toshma aniqlangan shaxslar hududiy davolash-profilaktika muassasalariga yuboriladi.

«Saxovat» internat uylariga rasmiylashtirish uchun talab etiladigan hujjatlar
  • «Saxovat» internat uyiga rasmiylashtirilayotgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
  • pensiya guvohnomasi (mavjud bo‘lsa);
  • rasmiylashtirilayotgan shaxsga nogironlik belgilangan taqdirda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
  • ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan shaklda sog‘lig‘ining holati to‘g‘risidagi tibbiy hujjatlar;
  • «Saxovat» internat uyiga rasmiylashtirilayotgan shaxsning 2 dona (6 sm x 4 sm hajmli) fotosurati;
  • tuman (shahar) hokimining yolg‘iz shaxs sifatida hisobga olish to‘g‘risidagi qarori nusxasi;
  • belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasi tomonidan berilgan nogironligi bo‘lgan shaxsni reabilitatsiya qilishning yakka tartibdagi dasturi.

 

«Saxovat» internat uylariga yuborish, shuningdek biridan ikkinchisiga o‘tkazish Agentlikning Vasiylikka olinuvchilarni tibbiy-ijtimoiy muassasalarga yuborish, shuningdek biridan ikkinchisiga o‘tkazish (ko‘chirish) bo‘yicha doimiy faoliyat yurituvchi maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq hududiy boshqarma boshlig‘ining buyrug‘i asosida amalga oshiriladi. 

Sog‘liqni saqlash vazirligiga murojaat qilish uchun quyidagi havolaga o‘ting yoki "1003" ishonch telefonlariga qo‘ng‘iroq qiling.

Chat