Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10067 marta o'qildi

2022-yil 1 yanvardan 2023-yil 1 yanvarga qadar turizm faoliyati sub’ektlari va aviatashuvchilarning xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga charter reyslarini tashkil qilish bo‘yicha xarajatlarining bir qismi har bir xorijiy turist uchun, u respublika hududida kamida besh kecha tunab qolgan taqdirda, 10 AQSh dollari, qish mavsumida (20 noyabrdan 20 fevralgacha) esa 25 AQSh dollari miqdorida Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

2022-yil 1-maydan boshlab yoshlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Davlat byudjetidan Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan har bir tashabbuskorga 50 mln so‘m miqdorida, jami 10 mlrd so‘mgacha grantlar ajratiladi. Bunda:

  • grant mablag‘lari onlayn to‘lovlarni qabul qiluvchi zamonaviy veb-sayt yaratishga, xorijiy mamlakatlardagi turizm ko‘rgazma va yarmarkalarida ishtirok etishga yo‘naltiriladi;
  • grant mablag‘lari belgilangan tartibda xorijiy mamlakatlardan O‘zbekiston Respublikasiga uch yil davomida kamida 200 nafar xorijiy turistlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan ajratiladi.

Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining asosiy moliyaviy manbai hisoblangan turistik (mehmonxona) yig‘imini hisoblash va to‘lash 2021-yil 1 sentyabrdan to‘xtatildi.

2022-yil 1 fevraldan 2023-yil 1 yanvarga qadar Turizm va sportni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga har oyda 2,5 mlrd so‘m miqdoridagi qo‘shimcha transfertlar Davlat byudjetidan ajratiladi.

Chat