Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 72567 marta o'qildi

  • Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning kasb bilimlari va ko‘nikmalarini yangilash hamda chuqurlashtirishga qaratilgan.
  • Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi, davriyligi tegishli vazirlik idora tomonidan belgilanadi. Qonun hujjatlari bilan ayrim soha vakillarining malakasini oshirish va qayta tayyorlashga qo‘yilgan talablar belgilanib qo‘yilishi mumkin.
  • Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalaridagi o‘qish natijalariga ko‘ra davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikat topshiriladi.

Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish
  • Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida amalga oshiriladi.
  • Boshqaruv kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining amaliyoti alohida maxsus dastur hamda 12 kunga mo‘ljallangan o‘quv reja asosida tashkil etiladi. Mazkur malakaviy amaliyotning maqsadi bitiruv malakaviy ishini tayyorlash uchun materiallar yig‘ish hisoblanadi.
  • Masofadan o‘qitish usullari orqali qayta tayyorlash va malakani oshirish kurslari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbar kadrlarini asosiy ish joyidan ajralmagan holda o‘quv dasturlarini mustaqil o‘zlashtirishi asosida amalga oshiriladi.
  • Masofaviy kurslar onlayn va offlayn rejimlarda tashkil etiladi.

Iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

Bank, moliya, soliq tizimlari va iqtisodiyotning real sektori tarmoqlaridagi tashkilotlarning boshqaruv kadrlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bank-moliya akademiyasida amalga oshiriladi.

Qayta tayyorlash

Boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni qayta tayyorlash buyurtmachilarning tashabbusiga ko‘ra tashkil etiladi.

Boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni asosiy ishidan ajralgan (kunduzgi) holda qayta tayyorlanadi.

Qayta tayyorlash muddati 16 haftani (2 haftalik tajriba orttirishni hisobga olgan holda, o‘quv yuklamasining jami 576 soatdan kam bo‘lmagan hajmda) tashkil etadi.

Qayta tayyorlash kursini o‘zlashtirgan va yakuniy attestatsiyadan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga diplom beriladi.

Qayta tayyorlash ikkinchi oliy ta’lim hisoblanmaydi.

Malaka oshirish

Malaka oshirish ishlarini tashkil etish buyurtmachi talabiga asosan asosiy ishdan ajralgan holda tashkil etiladi.

Boshqaruv kadrlari va mutaxassislari malakasini oshirish ishdan ajralgan holda ko‘pi bilan 4 hafta (144 soat) etib belgilanadi.

Malaka oshirish muddatlari, o‘quv rejasi va fan dasturlari buyurtmachi bilan kelishiladi hamda akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi.

Malaka oshirish kursidan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga sertifikat beriladi.

Bank-moliya akademiyasida malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tartibi  bilan to‘liq tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting.

Sudьyalikka tayyorlash, sudьyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish

Sudьyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudьyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish sudьyalar oliy maktabida amalga oshiriladi.

Sudьyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash

Sudьyalik lavozimlariga nomzodlarni qabul qilish faqat sudьyalik lavozimi zaxirasida bo‘lgan shaxslar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi.

Sudьyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslariga qabul qilingan shaxslar asosiy ish joyi bo‘yicha lavozimidan ozod qilinadi, biroq ularning egallagan lavozimi butun o‘qish davri mobaynida saqlanadi.

Sudьyalik lavozimlarini egallash uchun kadrlarni tayyorlash davlat grantlari asosida 1 yillik magistratura ta’lim dasturi bo‘yicha davlat namunasidagi diplom bergan holda amalga oshiriladi.

Sudьyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash kurslari tinglovchilariga sudьya yordamchisining 1 oylik mehnatiga haq to‘lash fondi miqdorida stipendiya to‘lanadi.

Malakasini oshirish

Sudьyalar va sudlar apparati xodimlarining malakasini oshirish Oliy sudining buyurtmasi asosida amalga oshiriladi.

Sudьyalar va sudlar apparati xodimlarining malakasini oshirish davomiyligi kamida ikki haftani tashkil etib, tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.

Qayta tayyorlash

Rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada bo‘lgan sudьyalarni qayta tayyorlash kurslarining davomiyligi ikki oyni tashkil etib, tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.

Sudьyalikka tayyorlash, sudьyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish tartibi bilan to‘liq tanishish uchun ushbu havolaga o‘ting.

Prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirish ularni qayta tayyorlash

Prokuratura organlari xodimlarining malakasini oshirish ularni qayta tayyorlash Bosh prokuratura akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Akademiyada kasbiy qayta tayyorlash va malaka oshirish quyidagi dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi:

  • davomiyligi 576 soatdan kam bo‘lmagan prokuratura organlarida lavozimlarni egallash uchun nomzodlarni birlamchi ixtisoslashuv shaklida kasbiy qayta tayyorlash;
  • davomiyligi 576 soatdan kam bo‘lmagan prokuratura organlarida rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turgan kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash;
  • davomiyligi 144 soatdan kam bo‘lmagan prokuratura organlari xodimlari malakasini oshirish.

Prokuratura organlari xodimlari malakasini oshirishning davriyligi har 3 yilda kamida bir martani tashkil etadi.

Prokuratura organlarida lavozimlarni egallash uchun nomzodlar prokuratura ish o‘rganuvchilari lavozimiga tayinlanguniga qadar kasbiy qayta tayyorlashdan o‘tadilar.

Bunda Bosh prokuror kasbiy qayta tayyorlashdan o‘tmagan shaxslarni prokuratura organlariga xizmatga qabul qilishi mumkin.

Bosh prokuratura Akademiyasi haqida to‘liq ma’lumot olish uchun ushbu havolaga o‘ting.

Ichki ishlar organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish

Ichki ishlar organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan amalga oshiriladi.

Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
  • Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakulьtetida 5 oylik dastur bo‘yicha ichki ishlar organlarining serjant tarkibidagi lavozimlariga nomzodlarni maxsus kasbiy tayyorlash amalga oshiriladi;
  • kasbiy tayyorgarlik fakulьtetiga qabul ichki ishlar vaziri tomonidan belgilanadigan 200 nafargacha bo‘lgan kvotalar doirasida tanlov asosida amalga oshiriladi hamda ta’lim oluvchilarga o‘rnatilgan tartibda stipendiya to‘lanadi va moddiy ta’minot belgilanadi;
  • kasbiy tayyorgarlik fakulьtetini tamomlagan xodimlarga «kichik serjant» maxsus unvoni hamda belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish institutining kasbiy tayyorgarlik fakulьtetidagi ta’lim mutaxassisliklari ro‘yxati.

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi haqida to‘liq ma’lumot olish uchun ushbu havolaga o‘ting.

Advokatlar va yuridik xizmat xodimlari malakasini oshirish

Advokatlar va yuridik xizmatlar xodimlarining malakasini oshirish shartnoma asosida Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazida amalga oshiriladi.

Malaka oshirish uchun BHMning 10 baravari miqdorida haq undiriladi.

Advokatlarning malakasini oshirish

Advokatlarning kasbiy malakasini oshirish ishlab chiqarishdan ajralgan holda faqat kunduzgi shaklda amalga oshiriladi.

Advokatlarning malaka oshirish muddatining davomiyligi 2 haftadan kam bo‘lishi mumkin emas.

Sinovlarni muvaffaqiyatli topshirgan advokatga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.

Advokatning malaka oshirishdan bo‘yin tovlashi hamda o‘qish yakunlari bo‘yicha sinovlardan o‘tolmaslik holati Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

Advokat tomonidan oxirgi 3 yil ichida o‘zining kasbiy malakasini oshirmasligi uning advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyani tugatishga asos bo‘ladi.

Yuridik xizmat xodimlari malakasini oshirish

Yuridik xizmat xodimlari malakasini oshirish har 3 yilda kamida bir marta amalga oshiriladi.

Malaka oshirish muddati 2 haftadan kam bo‘lishi mumkin emas.

Yuridik xizmatlarning malaka oshirishdan o‘tgan xodimlariga belgilangan namunadagi sertifikat beriladi.

Yuridik xizmatlar xodimlari malakasini oshirish markaz bilan tegishli tashkilot o‘rtasida tuziladigan shartnomalar asosida to‘lov evaziga amalga oshiriladi.

Malaka oshirish davrida yuridik xizmatlar xodimlariga ularning ish joyi bo‘yicha ish haqi va lavozimi saqlanadi.

Yuristlar malakasini oshirish markazi haqida to‘liq ma’lumot olish uchun ushbu havolaga o‘ting.

Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish

Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislari ixtiyoriy ravishda Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy markazlarida malakasi oshiriladi va qayta tayyorlanadi.

Mintaqaviy markazlar kasb-hunar kollejlari o‘quv bazasida faoliyat yuritadi.

Hududiy o‘quv bazasi etib belgilangan kasb-hunar kollejlari ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin.

Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish  shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Malaka oshirish 36 soatli dasturlar bo‘yicha muntazamlilik asosida tashkil etiladi va fermer xo‘jaliklari rahbarlarining 3 yilda kamida bir marta, fermer xo‘jaliklari mutaxassislarining — 5 yilda kamida bir marta malaka oshirishdan o‘tishi tavsiya etiladi.

Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash mintaqaviy markazlar bazasida oliy yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar jumlasidan amalga oshiriladi.

Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash ular bo‘yicha amalga oshiriladigan yo‘nalishlar ro‘yxati, shuningdek qayta tayyorlash kurslarining davomiyligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan belgilanadi.

Malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini tugatgan shaxslarga sertifikat taqdim etiladi.

Fermer xo‘jaliklari rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi bilan ushbu havola orqali to‘liq ma’lumot olish mumkin.

Chat