Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 17059 marta o'qildi

Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YaIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi.       

Davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi
  • Ariza beruvchi o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YaIDXP orqali murojaat etgan taqdirda mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 2-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldiradi.
  • So‘rovnoma to‘ldirilgandan so‘ng ariza beruvchi ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirib, so‘rovnomani o‘z ERIsi bilan tasdiqlaydi.
  • O‘zi kelib murojaat etgan taqdirda so‘rovnomani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati bo‘lmagan hollarda tegishli imzolar identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.
  • Davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.
  • Ariza beruvchilar tomonidan so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlarning ko‘rsatilishi yoki uni tasdiqlash rad etilishi davlat xizmatlari ko‘rsatishni rad etish uchun asos hisoblanadi.
  • Davlat xizmatlari ko‘rsatishni boshqa asoslar bo‘yicha rad etish taqiqlanadi.
  • Ariza beruvchilar davlat xizmatlaridan foydalanishdan uni ko‘rsatishning har qanday bosqichida bosh tortish huquqiga ega. Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan bosh tortganda uning so‘rovnomasi ko‘rib chiqilmasdan qoldiriladi.
  • Ariza beruvchi Davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda uning so‘rovnomasi Davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqangandan so‘ng 5 daqiqa mobaynida, YaIDXP orqali murojaat etganda taqdirda avtomatik tarzda vakolatli organga elektron shaklda yuboriladi.
  • Vakolatli organ so‘rovnoma olingandan so‘ng 5 daqiqa mobaynida QR-kodli (matrik shtrixli kod) ma’lumotnomani shakllantiradi hamda (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) tegishli Davlat xizmatlari markaziga yoki (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YaIDXP orqali elektron tarzda yuboriladi.
  • Davlat xizmatlari markazi ma’lumotnoma olingandan so‘ng 5 daqiqa mobaynida ariza beruvchiga ma’lumotnomani elektron yoki qog‘oz shaklida berishi shart.


  • Bog‘lanish: Tel: +998 (71) 202-11-40 Email: pension_uz@pfca.mf.uz
  • Xizmat narxi: Bepul

Hayotiy misol

Savol: B. ismli shaxs o‘ziga tayinlangan pensiya miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotni qanday tartibda olishi mumkinligini so‘radi. 

Javob: Pensiya yoki nafaqa miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotnoma Davlat xizmatlari markazi tomonidan ko‘pi bilan 15 daqiqa ichida beriladi. Buning uchun shaxs Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP)da ro‘yxatdan o‘tadi. Davlat xizmatlari ko‘rsatilgani uchun yig‘im undirilmaydi.

Chat