Raqamli texnologiyalar vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining respublika tuman (shahar)larida mavjud umumta’lim maktablari negizida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablari tashkil etildi.
Oliy ta’lim muassasalarining informatika va axborot texnologiyalari bilan bog‘liq ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtiyozli diplomga ega bo‘lgan bitiruvchilari mazkur oliy ta’lim muassasalarining magistraturasiga kirish imtihonlarisiz to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.
Umumta’lim maktablarining «Informatika va axborot texnologiyalari» fani bo‘yicha o‘rta-maxsus ma’lumotli va kamida bir yil pedagogik ish stajiga ega o‘qituvchilari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga pedagogika yo‘nalishi bo‘yicha masofaviy o‘qitish shaklida to‘lov-kontrakt asosida kirish imtihonlarisiz qabul qilinadi