Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 16201 marta o'qildi

Mediatsiya — nizoni taraflar o‘zaro ixtiyoriy kelishib, mediator yordamida hal qilish usuli.

Mediatsiya maxfiylik, ixtiyoriylik, taraflarning hamkorligi va teng huquqliligi, mediatorning mustaqilligi va xolisligi printsiplari asosida amalga oshiriladi.

Mediatsiyaning asosiy afzalliklari
  • tanlov erkinligida;
  • adolatga tayanishda;
  • qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilishdagi bevosita ishtirokda;
  • taraflarning qabul qilingan qarorlarga roziligida;
  • protsessdan istalgan paytda chiqib ketish imkoniyati borligida;
  • ishni ko‘rib chiqishga ketadigan vaqt va ko‘rib chiqish qiymatida;
  • maxfiylik ta’minlanishida;
  • protsessning moslashuvchanligi hamda vaziyat va talablarga mutanosibligida;
  • butun jarayon korruptsiyaning har qanday ko‘rinishlaridan xoli ekanida.

Chat